Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 2-son (2026) · 123–126-betlar
G'AFUR G'ULOM TARJIMALARIDA SO'Z TANLASH MAHORATI ("QIROL LIR" TARJIMASI MISOLIDA)
Yosin, Aslonov
DOI: 10.5281/zenodo.18739732 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada G‘afur G‘ulomning tarjimonlik faoliyatida so‘z tanlash masalasi Vilyam Shekspirning “Qirol Lir” asari tarjimasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda G‘afur G‘ulomning bilvosita tarjima jarayonida badiiylik, milliylik va o‘zbekona ruhni saqlashga qaratilgan yondashuvi yoritiladi. Asarda uning tarjimalarida leksik birliklardan, o‘xshatish va obrazlardan foydalanish usullari Jamol Kamolning bevosita ingliz tilidan qilgan tarjimasi bilan qiyosiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tahlil jarayonida G‘afur G‘ulomning xalq og‘zaki ijodi, maqol va ramziy obrazlarga tayangan holda matnni o‘quvchiga yaqinlashtirgani asoslab beriladi. Maqolada tarjimonlarning individual uslubi, so‘z tanlashdagi farqlar va ularning asar mazmuniga ta’siri ilmiy dalillar asosida ochib beriladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.