Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 3-son (2026) · 44–48-betlar

TA'LIM YOʻNALISHLARI BOʻYICHA OLIY MA'LUMOTGA EGA BOʻLGAN YOSH MUTAXASSISLARGA BOʻLGAN TALAB VA EHTIYOJNI BASHORATLASH

Umida, Atasheva, Maksadxon, Yakubov

DOI: 10.5281/zenodo.18981604 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy mehnat bozori sharoitida oliy ma'lumotga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarga bo‘lgan talabni bashoratlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Global iqtisodiy integratsiya, texnologik rivojlanish hamda raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat bozori talablari tez o‘zgarib borayotgani ta'lim tizimidan mutaxassislar tayyorlashning yangi yondashuvlarini talab etmoqda. Tadqiqotda mehnat bozori ehtiyojlari va oliy ta'lim tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ish beruvchilar tomonidan qo‘yilayotgan malaka talablari hamda istiqbolli ta'lim yo‘nalishlari aniqlanadi. Shuningdek, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talabni prognoz qilishda statistik tahlil, iqtisodiy modellashtirish va mehnat bozori monitoringi usullarining ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari oliy ta'lim muassasalarida kadrlar tayyorlash tizimini mehnat bozori talablariga moslashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.