Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 3-son (2026) · 60–69-betlar

YOSH FUTBOLCHILAR (18-23 YOSH) TAYYORGARLIK DAVRIDA JISMONIY YUKLAMANING SPORT NATIJALARIGA TA'SIRI

Azizbek, Adahamov

DOI: 10.5281/zenodo.19001111 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada 18-23 yoshli yosh futbolchilarning tayyorgarlik davrida qoʻllaniladigan jismoniy yuklamaning musobaqa faoliyatidagi sport natijalariga ta’siri ilmiy jihatdan oʻrganilgan. Tadqiqot 16 hafta davomida oʻtkazilib, tajriba (n=15) va nazorat (n=15) guruhlaridagi futbolchilar turli hajm, intensivlik va tarkibiy tuzilishdagi mashgʻulot dasturlari boʻyicha tayyorlandi. Tadqiqot natijalariga koʻra, bosqichma-bosqich yuklama oshirish va periodizatsiya tamoyillariga asoslangan mashgʻulot dasturi qoʻllangan tajriba guruhida tezlik (3.0%), chidamlilik (19.4%), kuch (9.5%), sakrash balandligi (11.3%) va oʻyin davomida bosib oʻtilgan masofa (10.2%) boʻyicha statistik jihatdan ishonchli oʻsish (p<0.001) qayd etildi. Olingan natijalar 18-23 yoshli futbolchilarni tayyorlashda ilmiy asoslangan periodizatsiyalashgan yuklamа modelini qoʻllash zarurligi va uning samaradorligini isbotlaydi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.