Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 4-son (2026) · 102–105-betlar
IJTIMOIY TARMOQLARDA SO'Z ERKINLIGI VA MA'NAVIY JAVOBGARLIK MUAMMOSI
Marhabo, Allayarova, Diyora, Abdullayeva
DOI: 10.5281/zenodo.19603388 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarda so‘z erkinligi va ma’naviy javobgarlik o‘rtasidagi murakkab muvozanat masalasi tahlil qilinadi. Raqamli kommunikatsiya muhiti foydalanuvchilarga fikr bildirish, axborot almashish va fuqarolik faolligini kuchaytirish imkonini yaratgani holda, dezinformatsiya, nafrat tili, kiberbulling, sha’n va qadr-qimmatga putur yetkazish kabi xavflarni ham kuchaytirmoqda. Tadqiqotda xalqaro tashkilotlar hisobotlari, media etikasi bo‘yicha ilmiy ishlanmalar, raqamli platformalar siyosati va huquqiy me’yorlar asosida ijtimoiy tarmoqlarda erkinlik va javobgarlik o‘rtasidagi nisbat yoritilgan. Maqola natijalari shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlarda so‘z erkinligini cheklash emas, balki foydalanuvchilarning raqamli madaniyati, platforma shaffofligi va media savodxonligini oshirish muhimdir.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.