Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 5-son (2026) · 90–93-betlar
ADABIY TIL VA SHEVA: O'ZARO MUNOSABATI, FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI VA TILSHUNOSLIK NUQTAI NAZARIDAN TAHLILI
M., Muxammadiyeva, Sarvinoz, Ismoilova
DOI: 10.5281/zenodo.20133841 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilshunosligining muhim masalalaridan biri – adabiy til va sheva tushunchalarining mohiyati, ularning o‘ziga xos belgilari hamda o‘zaro munosabati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Adabiy tilning me’yorlashgan, umumxalq aloqa quroli sifatidagi vazifalari, sheva esa muayyan hudud aholisining og‘zaki nutqida saqlanib kelayotgan, mahalliy xususiyatlarga ega bo‘lgan til shakli ekanligi yoritilgan. Maqolada o‘zbek shevalarining qarluq, qipchoq va o‘g‘uz lahjalariga taqsimlanishi, har bir lahjaning fonetik, leksik va morfologik xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, sheva materiallarining adabiy tilni boyitishdagi roli, sotsiolingvistik omillar ta’sirida shevalarda kechayotgan o‘zgarishlar atroflicha bayon etilgan. Tadqiqot natijalari adabiy til me’yorlarini takomillashtirish, til siyosatini ishlab chiqish va dialektologik atlaslar tuzishda foydali bo‘lishi mumkin.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.