Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 5-son (2026) · 48–52-betlar
ABDULLA QAHHORNING “SAN’ATKOR”, “ADABIYOT MUALLIMI” VA “XOTINLAR” HIKOYALARIDA IJTIMOIY ZIDDIYAT VA INSON QADRI: QIYOSIY-ILMIY TAHLIL
Abdujabborova, Madina
DOI: 10.5281/zenodo.20343525 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Abdulla Qahhorning “San’atkor”, “Adabiyot muallimi” va “Xotinlar” hikoyalarida aks etgan ijtimoiy ziddiyatlar, inson qadri, ma’naviy tanazzul, savodsizlik, soxta ziyolilik va ayol shaxsining jamiyatdagi o‘rni qiyosiy-ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Adibning hikoyalarida oddiy hayotiy voqealar orqali chuqur ijtimoiy va ma’naviy muammolar ochib berilishi ko‘rsatiladi. “San’atkor” hikoyasida san’atkor nomi bilan haqiqiy madaniyat o‘rtasidagi tafovut, “Adabiyot muallimi”da bilim va soxta bilimdonlik ziddiyati, “Xotinlar” hikoyasida esa ayol shaxsi, jasorati va ijtimoiy ongning o‘zgarishi tahlil etiladi. Maqolada Qahhorning satira, kinoya, realizm va badiiy detal vositalaridan foydalanish mahorati yoritiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.