Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 5-son (2026) · 132–137-betlar
O‘ZBEKISTONDA LOGISTIKA SOHASIGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA RAQAMLASHTIRISHNING STRATEGIK AHAMIYATI
Ibragimova, Ilmira
DOI: 10.5281/zenodo.20493513 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda logistika sohasini raqamlashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qanday strategik ahamiyat kasb etishi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot doirasida raqamli bojxona tizimlari, "yagona bojxona oynasi" mexanizmi, e-freight platformalari, GPS-kuzatuv va multimodal transport boshqaruvi tizimlarining investitsion muhitga ta’siri tahlil qilinadi. 2022–2025-yillar dinamikasini qamrab olgan empirik tahlil shuni ko‘rsatadiki, joriy etilgan raqamli vositalar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini ikki barobarga qisqartirgan, zarur hujjatlar sonini deyarli ikki martaga kamaytirgan, transport xizmatlari yillik hajmini esa 2022–2024 yillarda 81 foizdan ortiq oshirgan (80,3 trln so‘mdan 145,1 trln so‘mga). Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning mintaqaviy logistika markazi sifatida raqobatbardoshligini mustahkamlashda raqamlashtirish hal qiluvchi omil ekanligini tasdiqlaydi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.