Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 5-son (2026) · 146–152-betlar
KORXONALAR IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING DIVERGENTSIYALI TIZIMINI JORIY ETISH MEXANIZMI
Meyliyev, Farrux
DOI: 10.5281/zenodo.20520745 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar iqtisodiy samaradorligini oshirishda divergent mexanizmlarning nazariy asoslarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda raqamli transformatsiya jarayonlari, innovatsion boshqaruv yondashuvlari, moslashuvchan strategiyalar hamda divergent fikrlash va qaror qabul qilish mexanizmlarining korxonalar faoliyatiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida divergent mexanizmlarning mohiyati, ularning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi roli, resurslardan samarali foydalanish, raqamli texnologiyalar integratsiyasi, biznes-jarayonlarni optimallashtirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, korxonalarni boshqarishda divergent yondashuvlar asosida innovatsion qarorlar ishlab chiqish, risklarni kamaytirish va strategik barqarorlikni ta’minlash masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarning raqamli muhitga moslashuvi, iqtisodiy samaradorligini oshirish hamda innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.