Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 6-son (2026) · 38–43-betlar
KALANCHOE DAIGREMONTIANA O‘SIMLIGI XOMASHYOSI TARKIBIDAGI FLAVONOIDLARNING YUQORI SAMARALI SUYUQLIK XROMATOGRAFIYA USULIDA TAHLILI
Hayitboyeva, Sh.Q, Toshtemirova, Ch.T.
DOI: 10.5281/zenodo.20676106 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada mahalliylashtirilgan Kalanchoe daigremontiana o‘simligi xomashyosi tarkibidagi flavonoidlarning sifat va miqdoriy tarkibini yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YUSSX) usuli yordamida o‘rganish natijalari keltirilgan. Tadqiqot davomida o‘simlik xomashyosidan tayyorlangan ekstrakt tarkibidagi flavonoid birikmalar standart namunalar bilan taqqoslash asosida identifikatsiya qilindi. Xromatografik tahlil natijasida luteolin, rutin, kversetin va digidrokversetin flavonoidlari aniqlandi hamda ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari baholandi. Aniqlangan flavonoidlar orasida digidrokversetin va kversetinning nisbatan yuqori miqdorda uchrashi qayd etildi. Olingan natijalar Kalanchoe daigremontiana o‘simligi flavonoid birikmalarga boy ekanligini hamda uning farmakologik faolligini ta’minlovchi muhim biologik faol moddalar manbai ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari ushbu o‘simlikni istiqbolli dorivor xomashyo sifatida chuqurroq ўрганиш ва унинг асосида фитопрепаратлар яратиш учун илмий асос бўлиб хизмат қилади.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.