Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 6-son (2026) · 44–48-betlar
O‘ZBЕKISTONDA YETISHTIRILGAN SEDUM SPURIUM (M.BIEB.) O‘SIMLIGI YER USTKI QISMINING MAKRO VA MIKROELЕMЕNTLAR TARKIBINI TADQIQ QILISH
Xudayberganova, L.B, Toshtemirova, Ch.T.
DOI: 10.5281/zenodo.20676140 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Tadqiqotlar natijasida O‘zbekiston sharoitida yetishtirilgan Sedum spurium (M.Bieb.) o‘simligining yer ustki qismi tarkibida jami 61 ta element aniqlandi. O‘rganilgan xomashyo tarkibidagi zaharli og‘ir metallar — mishyak (As), qo‘rg‘oshin (Pb) va kadmiy (Cd) miqdorlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi, Rossiya Federatsiyasining XIV Davlat farmakopeyasi hamda dorivor o‘simlik xomashyosi, ular asosida tayyorlangan preparatlar va o‘simlik manbali biologik faol qo‘shimchalar uchun qabul qilingan SanPiN 1.10.7 me’yoriy hujjatlarida belgilangan ruxsat etilgan chegaralar doirasida ekanligi aniqlandi. Simob (Hg) elementi esa tahlil natijalarida aniqlanmadi. Olingan natijalar mazkur o‘simlik xomashyosining kimyoviy tavsifini shakllantirish, uning xavfsizligini baholash hamda kelgusida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.