Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 6-son (2026) · 49–52-betlar
ISATIS TINCTORIA L. BARGLARINING MIKROBIOLOGIK TOZALIGINI BAHOLASH
Yusupova, M.R, Toshtemirova, Ch.T.
DOI: 10.5281/zenodo.20676185 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Isatis tinctoria L. barglari xomashyosining mikrobiologik tozaligi farmakopeya talablari asosida baholandi. Tadqiqotlar davomida aerob bakteriyalar, va mog‘or zamburug‘larining umumiy soni aniqlandi hamda Enterobacteriaceae oilasi bakteriyalari, Escherichia coli, Salmonella spp., Pseudomonas aeruginosa va Staphylococcus aureus kabi sanitariya-gigiyenik jihatdan muhim mikroorganizmlarning mavjudligi tekshirildi. Olingan natijalarga ko‘ra, mikroorganizmlarning umumiy soni amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlardan oshmadi va patogen mikroorganizmlar aniqlanmadi. Tadqiqot natijalari Isatis tinctoria L. barglari xomashyosining farmatsevtik maqsadlarda foydalanish uchun mikrobiologik jihatdan xavfsiz ekanligini tasdiqladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.