Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 6-son (2026) · 29–37-betlar
PROFESSIONAL FUTBOLCHILARNING IMIDJ HUQUQLARI VA ULARNI TIJORATLASHTIRISHDA FUQAROLIK-HUQUQIY VOSITALAR
Ibrohimxonov, Oybek
DOI: 10.5281/zenodo.20725394 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu tezisda professional futbolchilarning imidj huquqlari (image rights) fuqarolik-huquqiy tabiati, ularni tijoratlashtirish mexanizmlari va xalqaro tajribani tahlil qilish orqali O‘zbekiston Respublikasida ushbu sohadagi huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va xulosalar ishlab chiqilgan. Maqolada G‘arb mamlakatlarida (Angliya, Ispaniya, Germaniya) futbolchilar imidj huquqlarini tartibga soluvchi asosiy modellar qiyosiy tahlil qilingan, jumladan, litsenziya shartnomasi, spin-off kompaniyalar, franchayzing va NFT texnologiyalariga asoslangan zamonaviy tijoratlashtirish vositalari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistonda 2020–2026-yillarda amalga oshirilgan huquqiy islohotlar sharoitida imidj huquqlari institutini shakllantirishga qaratilgan de lege ferenda takliflar ilgari surilgan
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.