Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 6-son (2026) · 74–77-betlar

KOXLEAR IMPLANTLI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR INKLYUZIV TAʼLIMI

Atamirzayeva, Zebunniso

DOI: 10.5281/zenodo.20768835 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

 mazkur maqolada koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning inklyuziv ta’lim tizimidagi o‘rni, ularning psixologik-pedagogik rivojlanish xususiyatlari hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Eshitishida og‘ir darajadagi nuqson mavjud bo‘lgan bolalarning koxlear implantatsiyadan keyingi rivojlanish dinamikasi, nutqiy va kommunikativ kompetensiyalarining shakllanishi, ijtimoiy moslashuv jarayonlari hamda inklyuziv ta’lim muhitida uchraydigan muammolar ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida koxlear implantli bolalarning muvaffaqiyatli ta’lim olishini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar, maxsus metodik yondashuvlar, mutaxassislararo hamkorlik va oilaviy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari koxlear implantli bolalarni inklyuziv ta’lim tizimiga integratsiyalashda kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.