Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 7-son (2026) · 14–18-betlar
LASIK REFRAKTIV JARROHLIGIDAN KEYINGI TIKLANISH BOSQICHLARI VA ASORATLARINING OLDINI OLISH
Toshtemirova, Kumushxon, Abdurazzoqov, Xurshidbek
DOI: 10.5281/zenodo.21232410 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada LASIK (Laser-Assisted in Situ Keratomileusis) refraktiv jarrohligidan keyingi tiklanish bosqichlari, operatsiyadan so‘ng yuzaga keladigan fiziologik o‘zgarishlar hamda mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish usullari tahlil qilinadi. LASIK refraktiv nuqsonlarni korreksiya qilishning zamonaviy va samarali usullaridan biri bo‘lib, operatsiyadan keyingi tiklanish jarayonining to‘g‘ri boshqarilishi yuqori klinik natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada kornea epiteliyining tiklanish mexanizmlari, ko‘rish o‘tkirligining barqarorlashuvi, quruq ko‘z sindromi, infeksion va noinfeksion asoratlar, shuningdek, operatsiyadan keyingi parvarish tamoyillari zamonaviy ilmiy adabiyotlar asosida yoritilgan. Bundan tashqari, bemorlarning shifokor tavsiyalariga rioya qilishi, dori vositalaridan to‘g‘ri foydalanishi va muntazam nazorat ko‘riklaridan o‘tishining klinik ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari LASIK operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya samaradorligini oshirish hamda asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.