Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 7-son (2026) · 26–35-betlar
RAQAMLI DUNYODA VIRTUAL FIRIBGARLIKDAN HIMOYALANISH CHORALARI VA UNGA QARSHI HUQUQIY MEXANIZMLAR
Abdullayeva, Barno
DOI: 10.5281/zenodo.21297989 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Bugungi kunda firibgarlikning eng keng tarqalgan turi bu – internet orqali odamlarni aldab, ularning pullarini o‘zlashtirish ya’ni “virtual firibgarlik” hisoblanyapti. Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanish davrida virtual firibgarlikning tobora ortib borayotgan xavfi va uning oqibatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada raqamli muhitda keng tarqalgan firibgarlik turlari – fishing, vishing, onlayn-savdodagi aldovlar va boshqa usullar – tahlil qilinib, ulardan himoyalanishning zamonaviy choralari, jumladan, kiberxavfsizlik vositalari, autentifikatsiya usullari, shaxsiy maʼlumotlarni himoyalash strategiyalari va foydalanuvchilarning raqamli savodxonligini oshirish ahamiyati keng yoritilgan. Shuningdek, maqolada virtual firibgarlikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro darajadagi huquqiy asoslari, va ularni samarali bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Kiberjinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning o‘rni va tajribasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida virtual firibgarlik uchun belgilangan javobgarlik masalalari ham o‘rganilgan. Yakuniy qismda esa, virtual firibgarlikdan samarali himoyalanish va unga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks yondashuv zarurligi asoslanib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.