Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 7-son (2026) · 36–44-betlar

TARIX KUMUSH SIRTIDA: SHAYBONIYLAR DAVRI TANGASI HAQIDA (`ABD AL-LATIF TANGASI, KESH ZARBXONASI, 1540–1552-YILLAR)

Qurbonaliyeva, Kamola

DOI: 10.5281/zenodo.21298199 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada Shayboniylar sulolasiga mansub kumush tanga (Abd al-Latif, Kesh zarbxonasi, 1540–1552-yillar) misolida numizmatik artefaktning tarixiy manba sifatidagi imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada tanganing jismoniy va badiiy tavsifi, Shayboniylar davlatining siyosiy tuzilishi, Abd al-Latifning shaxsiyati va hukmronlik faoliyati, Kesh (Shahrisabz) shahrining zarbxona sifatidagi tarixi, davr pul-moliya islohotlari, tanga zarb qilish texnologiyasi, epigrafik tahlil hamda tanganing zamonaviy ilmiy-numizmatik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, bitta kichik metall artefakt orqali ham mikro darajadagi tafsilotlardan (og'irlik, metall tarkibi, yozuv uslubi), ham makro darajadagi xulosalardan (davlat tuzilishi, iqtisodiy aloqalar, madaniy an'analar) iborat izchil tarixiy hikoya qurish mumkin. Maqola numizmatika, tarix va Markaziy Osiyo o‘rta asrlar madaniyati bilan qiziquvchi keng auditoriya uchun mo‘ljallangan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.