Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 7-son (2026) · 99–102-betlar
SUN’IY INTELLEKT VA AXLOQIY MUAMMOLAR: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL
Xamidov, Shukurullo
DOI: 10.5281/zenodo.21623761 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi va uning jamiyat hayotiga ta’siri bilan bog‘liq axloqiy muammolar ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Sun’iy intellektning iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, davlat boshqaruvi va ijtimoiy munosabatlardagi o‘rni yoritilib, algoritmik adolat, shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi, inson erkinligi, javobgarlik, mehnat bozori transformatsiyasi hamda inson va mashina o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishi kabi masalalar o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida sun’iy intellektdan foydalanishda axloqiy tamoyillarni shakllantirish va insonparvarlik qadriyatlarini saqlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.