Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 7-son (2026) · 125–133-betlar
TURKIYANING TASHQI SIYOSATIDA MADANIY DIPLOMATIYA INSTITUTLARI VA ULARNING FAOLIYAT MEXANIZMLARI
Japparov, Shuhrat
DOI: 10.5281/zenodo.21772864 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada Turkiya Respublikasining zamonaviy tashqi siyosatida madaniy diplomatiyaning o‘rni, uning nazariy asoslari, institutsional tuzilishi va amaliy faoliyat mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda madaniy diplomatiya “yumshoq kuch” konsepsiyasining muhim vositasi sifatida baholanib, Jozef Nay, Jan Melissen, Milton C. Cummings, Ahmet Dovuto‘g‘li, Ibrohim Kalin va Muharrem Ekshi qarashlari asosida yoritiladi. Muallif Turkiyaning madaniy ta’siri yagona tashkilot faoliyatiga emas, balki o‘zaro muvofiqlashtirilgan davlat va nodavlat institutlari tizimiga tayanishini asoslaydi. Xususan, TIKAning rivojlanish va gumanitar diplomatiyadagi, Yunus Emre institutining til va madaniyatni targ‘ib etishdagi, YTBning diaspora hamda ta’lim diplomatiyasidagi, Diyanetning diniy diplomatiyadagi, TRT va Anadolu agentligining media diplomatiyasidagi vazifalari ochib beriladi. Shuningdek, Turkologiya loyihasi, Turkiya stipendiyalari, madaniy markazlar, ilmiy almashinuvlar, restavratsiya dasturlari va turkiy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning ahamiyati ko‘rsatiladi. Maqolada ushbu institutlarning funksional uyg‘unligi Turkiyaning xalqaro nufuzi, ijobiy imiji va xorijiy jamiyatlar bilan uzoq muddatli ishonch munosabatlarini mustahkamlashiga xizmat qilishi xulosa qilinadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.