Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 7-son (2026) · 134–136-betlar

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK ASOSIDA TA’LIM TIZIMIDA MUVOFIQLASHTIRISH FUNKSIYASINING AMALDAGI HOLATI

Ibroximjonova, Ruxshona

DOI: 10.5281/zenodo.21772931 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida ta’lim tizimida muvofiqlashtirish funksiyasining amaldagi holati ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Ta’lim muassasalari, davlat boshqaruvi organlari hamda xususiy sektor o’rtasidagi hamkorlik mexanizmlarining samaradorligi, ularni muvofiqlashtirishning tashkiliy-huquqiy asoslari va boshqaruv jarayonidagi o’rni yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimizda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda uchrayotgan muammolar, jumladan, institutsional hamkorlikning yetarli darajada yo’lga qo’yilmagani, vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi, monitoring va baholash tizimining takomillashtirilishi zarurligi tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida ta’lim tizimida muvofiqlashtirish funksiyasining samaradorligini oshirish, boshqaruv subyektlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.