Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 7-son (2026) · 150–157-betlar
TURIZM YO‘NALISHI TALABALARINING STRATEGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Normetova, Nafosat
DOI: 10.5281/zenodo.21836431 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada turizm yo‘nalishi talabalarining strategik kompetensiyasini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Turizm sohasidagi kasbiy muloqot talabalardan nafaqat lingvistik bilimlarga ega bo‘lishni, balki kommunikativ uzilishlarni bartaraf etish, o‘zaro anglashuvga erishish, nutqiy ifodalarni turistlarning ehtiyojlariga moslashtirish hamda oldindan bashorat qilish qiyin bo‘lgan xizmat ko‘rsatish vaziyatlarida maqbul yechimlarni tanlash qobiliyatini ham talab etadi. Maqolada kommunikativ kompetensiya, muloqot strategiyalari, turizm ta’limi va texnologiyalar bilan boyitilgan ta’limga doir ilmiy tadqiqotlarni sifat jihatidan mazmuniy tahlil qilish, qiyosiy tahlil hamda konseptual sintez metodlaridan foydalanildi. Maqolada strategik xabardorlik, mikromazmun asosidagi tayyorgarlik, strategiyani modellashtirish, kasbiy muloqotni simulyatsiya qilish va refleksiv transferdan iborat integratsiyalashgan ta’lim ketma-ketligi taklif etilgan. Zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan alohida raqamli vositalar sifatida emas, balki kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim tizimining o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlari sifatida foydalanish lozimligi asoslangan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.