Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 8-son (2026) · 32–36-betlar
ABDULLA QAHHOR HIKOYALARI BADIIY XUSUSIYATLARI
Ravshanova, Madina
DOI: 10.5281/zenodo.21906437 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Abdulla Qahhor hikoyalarining badiiy xususiyatlari, yozuvchining hayotiy voqelikni ixcham, ta’sirchan va obrazli ifodalash mahorati tahlil qilinadi. Adib hikoyalarida inson xarakterini yaratish, psixologik tasvir, badiiy detal, portret, peyzaj, dialog va kinoyaviy ifoda kabi poetik vositalarning qo‘llanish xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, yozuvchi uslubining o‘ziga xosligini belgilovchi qisqalik, lo‘ndalik, xalqona til, satirik va yumoristik tasvir, ramziy ma’no hamda kutilmagan badiiy yechimlarning hikoya poetikasidagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijasida Abdulla Qahhor hikoyalarida mazmun va shakl uyg‘unligi, hayotiylik va badiiy umumlashtirish, ixcham tasvir va chuqur psixologik mazmunning o‘zaro aloqasi yozuvchi mahoratining muhim belgilaridan biri ekanligi asoslanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.