Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 8-son (2026) · 84–91-betlar

AXBOROT-KUTUBXONA XIZMATLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA SUN`IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH: IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR.

Musaliyev, San‘at, Musaliyeva, Zarofat

DOI: 10.70413/cajmrms-v03-i08-p1-002 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada axborot-kutubxona xizmatlarini takomillashtirishda sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy imkoniyatlari, mavjud muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun'iy intellektning axborot izlash, elektron kataloglardan foydalanish, bibliografik ma'lumotlarni qayta ishlash, foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini aniqlash, individual tavsiyalar shakllantirish hamda masofaviy axborot-kutubxona xizmatlarini tashkil etishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, mazkur texnologiyalarni kutubxona faoliyatiga joriy etishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan texnik, tashkiliy, axloqiy va huquqiy muammolar, jumladan, axborot xavfsizligi, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, mualliflik huquqi, axborotning ishonchliligi va mutaxassislarning raqamli kompetensiyasi masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida sun'iy intellektdan foydalanish axborot-kutubxona xizmatlarining tezkorligi, qulayligi va foydalanuvchiga yo'naltirilganligini oshirishga xizmat qilishi asoslanadi. Shu bilan birga, texnologiyani samarali joriy etish uchun tegishli infratuzilma, malakali mutaxassislar va aniq me'yoriy-axloqiy mexanizmlarni shakllantirish zarurligi ta'kidlanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.