Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 8-son (2026) · 113–118-betlar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH

Gulmonova, Guli

DOI: 10.70413/cajmrms-v03-i08-p1-054 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ kompetensiyani rivojlantirishning nazariy va pedagogik asoslari yoritilgan. Kreativ kompetensiya o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, yangicha g‘oyalar ilgari surishi, muammolarga noodatiy yechim topishi, tasavvur va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishi bilan bog‘liq muhim kompetensiyalardan biri sifatida tahlil qilingan. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida kreativ kompetensiyani shakllantirish uchun ijodiy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar, didaktik o‘yinlar, loyiha ishlari, guruhli va interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqishi, faolligi va mustaqil fikrlashini qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhiti kreativ rivojlanishning muhim omili sifatida asoslangan. Tadqiqotda o‘qituvchining ijodkorlikni rag‘batlantiruvchi yondashuvi, o‘quvchilarga erkin fikr bildirish imkoniyatini yaratishi hamda turli xil yechimlarni qo‘llab-quvvatlashi muhimligi ta’kidlangan. Kreativ kompetensiyani muntazam rivojlantirish o‘quvchilarning nafaqat ijodiy salohiyatini, balki tanqidiy fikrlash, muloqot, hamkorlik va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini ham takomillashtirishga xizmat qiladi. Shu jihatdan, boshlang‘ich ta’limda kreativ kompetensiyani rivojlantirish zamonaviy ta’limning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.