Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 8-son (2026) · 119–124-betlar

KURASH MASHG‘ULOTLARINING SPORTCHILAR JISMONIY TAYYORGARLIGI VA SOG‘LIG‘IGA TA’SIRI

Ozodboyeva, Hulkaroy

DOI: 10.70413/cajmrms-v03-i08-p1-057 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada kurash mashg‘ulotlarining sportchilar jismoniy tayyorgarligi va sog‘lig‘iga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan keng tahlil qilinadi. Kurash sporti yuqori intensivlikka ega bo‘lgan jismoniy faoliyat turi bo‘lib, u sportchilardan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va muvozanat kabi asosiy jismoniy sifatlarni talab etadi. Shu sababli kurash mashg‘ulotlari sportchilarning funksional imkoniyatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Maqolada kurash mashg‘ulotlari davomida organizmda kechadigan fiziologik o‘zgarishlar, xususan yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi va mushak-skelet apparatining faoliyati tahlil qilinadi. Muntazam jismoniy yuklamalar natijasida yurak ishining samaradorligi oshishi, o‘pkaning hayotiy sig‘imi kengayishi hamda mushaklarning kuch va chidamlilik darajasi ortishi ilmiy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, kurash mashg‘ulotlarining sportchilarning umumiy sog‘lig‘iga ijobiy ta’siri yoritiladi. Muntazam trening jarayoni immunitet tizimini mustahkamlashga, metabolizmni yaxshilashga va ortiqcha vaznning oldini olishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, sportchilarda jarohatlarga chidamlilik va tiklanish jarayonining tezlashishi kuzatiladi. Maqolada kurash mashg‘ulotlarining psixologik jihatlari ham tahlil qilinadi. Sportchilar o‘rtasida iroda, intizom, o‘zini boshqarish, stressga chidamlilik va raqobat sharoitida tez qaror qabul qilish qobiliyatlari shakllanadi. Bu esa ularning nafaqat sportdagi, balki kundalik hayotdagi faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.