Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 8-son (2026) · 125–129-betlar
INGLIZ TILINI 5 DAQIQALIK TOPSHIRIQLAR ORQALI O‘RGANISH
Rustamova, Shahrizoda
DOI: 10.70413/cajmrms-v3-i8-56527 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz tilini mikro-o‘rganish (micro-learning) tamoyillari asosida 5 daqiqalik topshiriqlar orqali o‘rgatishning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolish, muntazam mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish hamda qisqa vaqt ichida aniq natijalarga erishishga imkon beruvchi zamonaviy va samarali metodlarga bo‘lgan ehtiyoj bilan izohlanadi. Maqolada 5 daqiqalik mini-topshiriqlarning lug‘at boyligini kengaytirish, gapirish, tinglab tushunish va grammatik ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, topshiriqlarning muntazam bajarilishi, amaliy yo‘naltirilganligi va o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 5 daqiqalik topshiriqlardan tizimli foydalanish o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, o‘quv materialini yaxshiroq o‘zlashtirish va ingliz tilini samarali hamda barqaror o‘rganishga xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.