Журнал академических исследований Нового Узбекистана 1-jild 1-son (2024) · 51–53-betlar
BUXORODA MANG‘ITLAR BOSHQARUVI O ‘RNATILISHI
Qodirova, Nigora
DOI: 10.70413/yoitj-v01-i01-p1-011 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Tarixiy taraqqiyotining bosqichida hokimiyat tepasiga turli shart-sharoitlar va ma’lum sabablar natijasida turli kuchlarning kelishi, o‘z navbatida, jamiyat hayotida keskin o‘zgarishlarni ro‘y berishiga hamda muayyan islohotlarni amalga oshishiga olib keladi. Binobarin, Buxoro davlatida ham hokimiyatning ashtarxoniylar sulolasidan mang‘itlar vakillari qo‘liga o‘tishi ma’lum bir omillarning ta’siri ostida ro‘y bergan. Buxoro davlatchiligi tarixida sodir bo‘lgan ushbu jarayonlarning mazmun va mohiyatini o‘rganishda ilmiy jamoatchilik o‘rtasida turli xil yondashuvlar ilgari suriladi. Maqolada ayni ashtarxoniylarning hokimiyatdan ketishi va mang‘itlarning boshqaruvga kelishi ushbu haqida so‘z yuritiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.