Журнал академических исследований Нового Узбекистана 1-jild 10-son (2024) · 58–65-betlar
TRANSMILLIY KORPORATSIYANING MEZBON MAMLAKATLARNING IQTISODIYOTIGA TA’SIRI
Nasretdinova, Aziza
DOI: 10.70413/yoitj-v01-i10-p1-017 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Globallashuv davrida transmilliy korporatsiya (TMK)lar iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biriga aylangan. Transmilliy korporatsiya – bu bir nechta mamlakatlarda faoliyat yurituvchi, o‘z brendini va mahsulotlarini global miqyosda taqdim etadigan korporatsiyalar. Ular ko‘pincha o‘z faoliyatlarini ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va martketing sohalarida olib borishadi. Ushbu korporatsiyalar o‘z faoliyatini bir nechta mamlakatlarda olib borish orqali nafaqat o‘z brendlarini kengaytirish balki joylashgan mamlakatlarining iqtisodiyotiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatish imkoniga ega. Mezbon mamlakatlar uchun transmilliy korporatsiyalarning afzalliklari ko‘plab jihatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, yangi ish o‘rinlari yaratish, texnologik transfer, investitsiyalar, ijtimoiy o‘sish va iqtisodiy barqarorlikni oshirish. Shuningdek, bu korporatsiyalar mahalliy bozorlarni rivojlantirish va xalqaro savdoda ishtirok etishga yordam beradi. Ushbu maqolada transmilliy korportsiyalar va ularning mezbon mamlakatlarda olib borayotgan faoliyatining salbiy va ijobiy tomonlari va xalqaro iqtisodiyotda tutgan o‘rni yoritiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.