Журнал академических исследований Нового Узбекистана 1-jild 12-son (2024) · 181–184-betlar
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Ortiqova, Nilufar
DOI: 10.70413/yoitj-v01-i12-p1-047 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritiladi. Maqola kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning metod va yondashuvlari, bolalarning tasavvurini kengaytirish uchun foydalaniladigan texnikalar haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, kreativ pedagogik yondashuvlarning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatlariga ta’siri o‘rganiladi. Kreativlikka asoslangan ta’lim orqali o‘quvchilar yangi g‘oyalar yaratish va o‘z fikrlarini erkin ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunday pedagogik yondashuvlar nafaqat akademik muvaffaqiyatni oshirishga, balki o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham yordam beradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.