Журнал академических исследований Нового Узбекистана 1-jild 13-son (2024) · 156–160-betlar
TASNIFLASH VA KLASTERLASH
Tojimamatov, Isroil, Abduhakimova, Xusnora
DOI: 10.5281/zenodo.14259949 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada tasniflash va klasterlash usullari ma'lumotlarni tahlil qilishda qo‘llaniladigan muhim texnikalar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tasniflash nazorat ostidagi o‘rgatish usuli bo‘lib, ma'lumotlarni oldindan belgilangan kategoriyalarga ajratishni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonda o‘rgatish namunalar asosida model yaratiladi va yangi ma'lumotlar tegishli sinflarga taqsimlanadi. Klasterlash esa nazorat ostida bo‘lmagan o‘rgatish usuli bo‘lib, ma'lumotlarni yashirin o‘xshashliklar yoki tuzilmalarga asoslangan holda guruhlash imkonini beradi. Ushbu usul K-means, hierarchik klasterlash va DBSCAN kabi algoritmlar yordamida amalga oshiriladi. Maqolada tasniflash va klasterlashning marketing, tibbiyot, texnologik nosozliklarni aniqlash kabi sohalardagi qo‘llanilishi ko‘rib chiqilib, ushbu texnologiyalarning samaradorlik va ilmiy-texnik rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi yoritilgan. Ma'lumotlarni tahlil qilishdagi bu usullar bilimlarni aniqlash va qaror qabul qilish jarayonini yanada takomillashtiradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.