Журнал академических исследований Нового Узбекистана 1-jild 15-son (2024) · 80–83-betlar
YAPON VA O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA YAXSHILIK VA YOMONLIK TUSHUNCHASI: ZOONIM KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARI ASOSIDA
Miraximova, Malika, Umarova, M.X.
DOI: 10.70413/yoitj-v01-i15-p1-019 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada zoonim komponentlarni, ya’ni hayvonlar nomlarini o‘z ichiga olgan yapon va o‘zbek xalq maqollari madaniy o‘ziga xoslikning muhim unsurlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Har ikki xalq maqollari tahlil qilinib, ularda zoonimlar hayotiy saboqlar, axloqiy tushunchalar ifodalangan. Zoonimli yapon maqollarida ko‘pincha xatoning muqarrarligi, uyg‘unlikning ahamiyati kabi falsafiy jihatlarga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, o‘zbek maqollarida ishonch va ehtiyotkorlik bilan bog‘liq amaliy hayotiy maslahatlarga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada Yaponiya va O‘zbekiston madaniyatlarida hayvonlarni idrok etishdagi o‘xshashlik va farqlar ochib berilgan holda qiyosiy tahlil qilingan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.