Журнал академических исследований Нового Узбекистана 1-jild 4-son (2024) · 164–167-betlar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA MUSIQA FOLKLORINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Hamidova, Hafiza

DOI: 10.70413/yoitj-v01-i04-p1-039 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘quvchilarga estetik tarbiya berishda boshqa vositalar qatorida xalq san’atining eng ommaviy va ta’sirchan turlaridan bo‘lgan folklor qo‘shiqlarining roli va ahamiyati beqiyos bo‘lgani holda, ulardan foydalanishda ham o‘ziga xos me’yorlar bo‘lishi lozim. O‘quvchilarga har qanday xalq qo‘shig‘ini, termasini, laparlari va o‘lanlarini, maqom yo‘llarini, uning sho‘balarini o‘rgataverish, mashg‘ulot va konsert repertuarlariga kiritaverish yaramaydi, albatta. Bunda barcha ishlar maqsadga yo‘naltirilgan holda muayyan pedagogik asos, pedagogik aprobatsiyadan o‘tgan metodika zamirida olib borilishigina kutilgan samarani berishi mumkin. Shuning uchun ham bu borada birmuncha ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Bular, o‘z navbatida, estetik tarbiya sohasidagi bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar jumlasiga kiradi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.