Журнал академических исследований Нового Узбекистана 1-jild 5-son (2024) · 62–66-betlar

MAKTABGACHA TA`LIMNING BIZNESDAGI O`RNI VA MALAKALI PEDAGOGIK KADRLAR BILAN TA`MINLANISHI.

Xudoyberdiyev, S.M., Isayev, A.D.

DOI: 10.70413/yoitj-v01-i05-p1-016 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O`zbekistonda kichik biznes yildan yilga rivojlanib bormoqda. Buni mamlakatimizning yillik YaIM ko`rsatkichidagi ulushining o`sishida ko`rishimiz mumkin. 2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, kichik biznesning respublika YAIMdagi ulushi 51,2 % ni tashkil etdi. Hududlarda kichik biznesning eng katta ulushi Surxondaryo (hududda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat umumiy hajmining 76,7 % ini tashkil etgan), Jizzax (74,2 %), Buxoro (73,1 %) vа Samarqand (73,1 %) viloyatlarida kuzatildi.  Biznes – bu iqtisodiy taraqqiyotning drayveri hisoblanib iqtisodiy o`sihning muhim omilidir. Ta`lim biznesi tadbirkorlik sohasida nibatan yosh va rivojlanib bo`rayotgan tarmoqlardan biridir. Uning asosiy maqsadi mehnat bozoriga yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni yetkazishdir. Rivojlanayotgan tarmoqni malakali pedagogik kadrlar bilan ta`minlash mamlakatimizning muhim vazifalardan biri. Mazkur maqolada mamlakatimizda maktabgacha ta`lim tashkilotlarining (MTT) biznesdagi o`rni atroflicha tahlil qilinib va buna malakali pedagogik kadrlarga bo`lgan ehtiyojini qondirish masalalari ko`rib chiqildi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.