Журнал академических исследований Нового Узбекистана 1-jild 7-son (2024) · 84–87-betlar

Umumta’lim maktablarida kimyo fanidan tashqari ishlarni tashkil etishning nazariy asoslari

Ramazonova, Z.Y.

DOI: 10.70413/yoitj-v01-i07-p1-023 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida kimyo fanidan tashqari ishlarni tashkil etishning nazariy asoslari batafsil o‘rganiladi. Maqolada ta’lim jarayonida kimyo fanidan tashqari ishlarni tashkil etishning muhimligi va zarurligi, ularning o‘quvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Tashqari ishlarning turli nazariy yondashuvlar, didaktik tamoyillar va pedagogik metodlar asosida tashkil etilishi ta’kidlanadi. Tashqari ishlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, analitik fikrlash qobiliyatlarini oshirish va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Maqolada konstruktivistik va integrativ yondashuvlar, faollik va mustaqillik tamoyillari, ilmiylik va amaliyotga yo‘naltirilganlik tamoyillari asosida tashqi ishlarni samarali tashkil etishning usullari ko‘rsatiladi. Umumta’lim maktablarida kimyo fanidan tashqari ishlarni tashkil etish o‘quv jarayonini boyitib, o‘quvchilarning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirishga yordam beradi. Bu ishlar o‘quvchilarning ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy tajribalarni o‘tkazish orqali bilimlarini kengaytirish va ularning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish uchun muhimdir. Maqolada umumta’lim maktablarida kimyo fanidan tashqari ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy asoslar batafsil yoritiladi. Tashqari ishlar orqali o‘quvchilarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ularning nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun qo‘llaniladigan usullar, metodlar va yondashuvlar ko‘rsatilgan. Maqola o‘qituvchilarga kimyo fanidan tashqi ishlarni tashkil etishda yordam beradigan ko‘rsatmalar va tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.