Журнал академических исследований Нового Узбекистана 2-jild 1-son (2025) · 115–120-betlar
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA ILMIY ADABIYOTLARNI RAQAMLASHTIRISH USULLARI VA ULARNING AFZALLIKLARI
Ernaqulov, Sunnatillo
DOI: 10.5281/zenodo.14709688 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) rivojlanishi ilmiy adabiyotlarni raqamlashtirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtirmoqda. Ushbu maqolada ilmiy adabiyotlarni raqamlashtirishning asosiy usullari, jumladan, optik belgilarni tanish (OCR) texnologiyalari, ma'lumotlar bazalari va bulutli xizmatlar asosida yaratilgan raqamlashtirish platformalari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamlashtirishning afzalliklari, xususan, ma'lumotlarga keng ommaviy kirish imkoniyati, saqlash qulayligi va tahliliy ishlanmalar uchun asosiy ma'lumot bazasi sifatida ahamiyati muhokama qilinadi. Mazkur jarayon ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirishga, ma'lumotlarni tizimlashtirishga va ularni keng auditoriya uchun taqdim etishga imkon beradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.