Журнал академических исследований Нового Узбекистана 2-jild 10-son (2025) · 52–57-betlar
MUSTAQILLIKKA ERISHISH OSTONASIDA O’ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR
Yuldasheva, Matluba, Xazirov, Bobirjon
DOI: 10.70413/yoitj-v02-i10-p1-012 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekistonning mustaqillikka erishish jarayoni, unga olib kelgan tarixiy, ijtimoiy va siyosiy omillar tahlil qilinadi. XX asrning ikkinchi yarmi Sovet Ittifoqining tanazzul davrida mamlakatda yuz bergan siyosiy uyg‘onish, milliy o‘zlikni anglash harakatlari va demokratik o‘zgarishlarga intilish masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda 1980-yillarning oxiri – 1991-yil 31-avgust oralig‘ida yuz bergan muhim siyosiy voqealar, jamoatchilik faolligining ortishi, siyosiy tashkilotlarning paydo bo‘lishi va ularning mustaqillik g‘oyasini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi. Maqolada o‘sha davrning ijtimoiy kayfiyati, ommaviy axborot vositalari, ziyolilar, talaba-yoshlar va oddiy fuqarolarning milliy istiqlol yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shu bilan birga, mustaqillik arafasidagi siyosiy qarorlar, iqtisodiy inqiroz, ekologik muammolar, millatlararo munosabatlar va ularning siyosiy jarayonlarga ta’siri ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston mustaqilligiga olib kelgan tarixiy zaminni chuqur anglash, yosh avlodda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.