Журнал академических исследований Нового Узбекистана 2-jild 10-son (2025) · 67–72-betlar

JAMOAT TARTIBIGA YOKI XAVFSIZLIGIGA TAHDID SOLUVCHI YOLG‘ON AXBOROTNI TARQATISH JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISHNING AYRIM MASALALARI

Raimova, Diyora

DOI: 10.70413/yoitj-v02-i10-p1-015 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari yoritilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan davrda yolg‘on xabarlarning tezkor tarqalishi jamoatchilik kayfiyatiga, ijtimoiy barqarorlikka va fuqarolarning xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois mazkur jinoyatning huquqiy tabiatini to‘g‘ri baholash va uni boshqa o‘xshash huquqbuzarliklardan farqlash muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda milliy jinoyat qonunchiligidagi normalar, amaliyotdagi ayrim holatlar hamda xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan. Shuningdek, yolg‘on axborot tarqatishning subyektiv va obyektiv belgilari, jinoyat tarkibining asosiy elementlari hamda kvalifikatsiya qilishda uchraydigan murakkab jihatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llanilayotgan yondashuvni yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.