Журнал академических исследований Нового Узбекистана 2-jild 10-son (2025) · 81–84-betlar
SUN`IY INTELLEKT ASOSIDA TOIFALANGAN OB`EKTLARDA XAVF-XATARLARNI OLDINDAN PROGNOZ QILISH TIZIMLARINI ISHLAB CHIQISH
Isomiddinov, Sultonbek
DOI: 10.5281/zenodo.17356586 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalari yordamida xavf va xatarlarni aniqlash hamda oldindan prognoz qilish tizimlarini yaratish masalalariga bagʻishlangan. Maqolada SI algoritmlari, jumladan mashinani oʻrganish va chuqur oʻrganish modellari, toifalangan obʼektlar va hodisalarni tahlil qilish uchun qoʻllanilishi tahlil qilinadi. Asosiy eʼtibor xavf va xatarlarni erta aniqlash orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlikni oshirish hamda muhim sohalarda qaror qabul qilish jarayonini yaxshilashga qaratilgan. Obʼektlarning turli kategoriyalarga ajratilishi SI modelining yuqori aniqlikda ishlashiga imkon beradi. Shuningdek, real vaqt rejimida monitoring va prognoz qilish tizimlarini yaratish yoʻllari ham ko‘rib chiqilgan. Maqola amaliy va nazariy jihatlar, shu jumladan maʼlumotlar yigʻish, oldindan ishlov berish, modellashtirish va prognoz qilish bosqichlari haqida toʻliq maʼlumot beradi. Natijalar SI asosida xavflarni boshqarishning samarali yechimlari sifatida qaraladi, bu esa sanoat, transport, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda xavfsizlik darajasini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.