Журнал академических исследований Нового Узбекистана 2-jild 10-son (2025) · 144–148-betlar

O‘QITUVCHILARDA KASBIY SO‘NISH JARAYONINING SHAKILLANISHIGA STRESSNI TA’SIRI

To’laganova, Sayyoraxon, Botirova, Dilafro’z

DOI: 10.70413/yoitj-v02-i10-p1-032 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘qituvchilarda kasbiy so‘nish (burnout) jarayonining shakllanishiga stress omillarining ta’siri psixologik jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati davomida duch keladigan emotsional, ijtimoiy va tashkiliy stress manbalari hamda ularning shaxsiy motivatsiya, ish samaradorligi va psixologik holatiga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari yoritilgan. Maqolada kasbiy so‘nishning bosqichlari — emotsional charchoq, shaxsiy yutuqlardan qoniqmaslik va depersonalizatsiya holatlari bilan bog‘liq nazariy yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, stressni boshqarish va kasbiy so‘nishni oldini olishda psixologik treninglar, ijobiy motivatsiyani shakllantirish, mehnat sharoitlarini optimallashtirish kabi amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilar ruhiy salomatligini mustahkamlash va ularning kasbiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan psixologik profilaktika dasturlarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.