Журнал академических исследований Нового Узбекистана 2-jild 4-son (2025) · 28–35-betlar
MAXSULOT BREDINGI, QADOQLASH VA MIJOZLARGA YO’NALTIRILGAN MARKETING STRATEGIYASI
Nazarova, Gulruh
DOI: 10.70413/yoitj-v02-i04-p1-006 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola maxsulot brendingi, qadoqlash va mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyasining fermer xo‘jaliklaridagi ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada mahsulot brendi yaratish, uning bozorda tanilishini ta’minlash va iste'molchilar orasida yuqori talabni shakllantirish uchun qo‘llaniladigan asosiy marketing usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, mahsulot qadoqlashning estetika, funksionallik va ekologik jihatlari haqida gap boradi, bu omillar mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligini oshiradi. Maqolada mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalarining asosiy tamoyillari va ulardan foydalanishning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Mijoz ehtiyojlari va talablariga moslashtirilgan marketing yondashuvlari, mahsulotni targ‘ib qilish va sotish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Brend va qadoqlashning sifatli yondashuvi mahsulotni bozorda ajratib turadi va uning sotuvini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari asosida fermer xo‘jaliklari uchun marketing strategiyalarini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bu maqola qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishda brending va qadoqlashning ahamiyatini tushunishga yordam beradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.