Журнал академических исследований Нового Узбекистана 2-jild 4-son (2025) · 95–99-betlar

TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDAGI OPERATSIYALARI METODOLOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Nusratov, Javlonxon

DOI: 10.70413/yoitj-v02-i04-p2-024 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshiradigan operatsiyalari metodologiyasi tahlil qilinadi va ushbu sohadagi amaldagi yondashuvlar tanqidiy ko‘rib chiqiladi. Muallif bu jarayonlarning samaradorligini oshirish maqsadida yangi metodologik yondashuvlarni ilgari suradi. Xususan, bank investitsiya portfellarini shakllantirishda innovatsion tahlil instrumentlaridan foydalanish, bozor kon’yunkturasiga moslashuvchan dinamik modellar joriy etish va xatarlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini qo‘llash kabi mexanizmlar taklif etilgan. Shu bilan birga, maqolada banklar uchun qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ishtirokni strategik darajada rejalashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqot natijalari banklar faoliyatini diversifikatsiya qilish, investitsion faollikni oshirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.