Журнал академических исследований Нового Узбекистана 2-jild 4-son (2025) · 143–147-betlar
OMBORDA MAHSULOTLARNI HISOBGA OLISHNING AN’ANAVIY VA RAQAMLI USULLARI
Bahodirov, Muzrob, Anarboyev, Tolibjon
DOI: 10.70413/yoitj-v02-i04-p2-035 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada omborxonalarda mahsulotlarni hisobga olish tizimining ikki asosiy yo‘nalishi an’anaviy (qog‘oz shaklidagi) va zamonaviy (raqamli, avtomatlashtirilgan) usullari atroflicha tahlil qilinadi. An’anaviy usullar ko‘proq inson mehnatiga asoslangan bo‘lib, ko‘p hollarda hujjatlarni qo‘lda yuritish, yozuvlarni jurnal va daftar shaklida olib borish orqali amalga oshiriladi ushbu yondashuv oddiy va arzon texnik vositalar bilan bajarilishi mumkin bo‘lsa-da, ma’lumotlarning aniqligi pastligi, xatoliklar ehtimoli yuqoriligi va ishning sekin bajarilishi kabi jiddiy kamchiliklarga ega. Raqamli usullar esa zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda mahsulotlar harakati va zaxirasini real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beradi. Bunday tizimlar avtomatik ravishda kirim-chiqimni qayd etadi, hisobotlarni shakllantiradi hamda xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni kamaytiradi. ERP (Enterprise Resource Planning), WMS (Warehouse Management System) kabi dasturiy ta’minotlar ombor faoliyatini kompleks ravishda boshqarish imkonini yaratadi. Maqolada har ikki usulning afzalliklari va cheklovlari solishtirma tahlil asosida ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli tizimlardan foydalanish korxonalar uchun yuqori aniqlik, samaradorlik va boshqaruvning shaffofligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, maqolada kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun bosqichma-bosqich raqamli tizimlarga o‘tishni tavsiya etuvchi amaliy fikr va takliflar ham keltiriladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.