Журнал академических исследований Нового Узбекистана 2-jild 5-son (2025) · 165–168-betlar
MUQIMIYNING LIRIKASIDA MUHABBAT VA INSONIY KECHINMALAR
Kamalova, Malika
DOI: 10.5281/zenodo.15553028 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola o‘zbek adabiyotidagi muhim shoirlardan biri Muqimiyning “Oshiq bo‘libman” va “Ayrilmasun” g‘azallarida muhabbat, sevgi, sadoqat va vafodorlik kabi insoniy his-tuyg‘ularning talqinini tahlil qiladi. Shoirning ushbu asarlardagi muhabbatni tasvirlash uslubi, inson qalbining nozik kechinmalarini aks ettirishdagi o‘ziga xos yondashuvi va badiiy uslubning xususiyatlari keng yoritiladi. Maqolada Muqimiyning she’rlarida sevgi nafaqat shaxsiy tuyg‘u, balki insonni o‘z-o‘zini anglashga yetaklovchi muqaddas yo‘l sifatida talqin qilinishi ta’kidlanadi. Shoirning soddalik va chuqurlikni uyg‘unlashtirgan uslubi, ramziy obrazlar, ichki ziddiyatlar va lirik ohangning o‘ziga xosligi alohida e’tibor markazidadir. Maqola o‘zbek adabiyotidagi muhabbat lirikasining muhim namunasi sifatida Muqimiyning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatadi. Ishlatilgan adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida keltirilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.