Журнал академических исследований Нового Узбекистана 2-jild 6-son (2025) · 18–22-betlar
BOLALAR HUQUQLARINING XALQARO-HUQUQIY MUHOFAZASI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INSTITUTLAR"
Ashurova, Nilufar
DOI: 10.5281/zenodo.15621659 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Maqolada voyaga yetmaganlarning huquqlarini xalqaro huquq doirasida muhofaza qilish masalalari tahlil qilingan. Xalqaro inson huquqlari tizimida voyaga yetmaganlarning huquqlarini ta’minlash va ularni himoya qilish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu borada ko‘plab xalqaro konvensiyalar, shartnomalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada BMTning Voyaga yetmaganlarning huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kabi asosiy huquqiy hujjatlar ko‘rib chiqilgan va ularning amaliy ahamiyati, hamda voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy holatini yaxshilashga qaratilgan mexanizmlar tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada voyaga yetmaganlar huquqlarining xalqaro va milliy huquqiy tizimlardagi o‘rni, huquqbuzarliklarning oldini olish va ijtimoiy himoya vositalari muammolari hamda ularni hal etish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Voyaga yetmaganlarni himoya qilish masalasida xalqaro hamkorlikning ahamiyati va uni kuchaytirish yo‘llari ta’kidlangan. Maqola ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, huquqshunoslik sohasidagi tadqiqotchilar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlar uchun manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.