Журнал академических исследований Нового Узбекистана 2-jild 6-son (2025) · 166–170-betlar

ADENOID GIPERPLAZIYASI: KLINIK BELGILARI VA JARROHLIK DAVOSI

Abdug’afforov, Nodirjon

DOI: 10.5281/zenodo.15775762 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Adenoid giperplaziyasi — bu burun-halqum sohasida joylashgan adenoid to‘qimalarining patologik kattalashuvi bo‘lib, asosan bolalar orasida keng tarqalgan. Ushbu holat nafas olish, eshitish va uyqu sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Adenoidlar giperplaziyasi nafas yo‘llarining to‘silishi, burun orqali nafas olishning buzilishi, tungi horlama, eshitish qobiliyatining pasayishi, surunkali otit va yuz-jag‘ skeletining rivojlanishida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Klinik belgilar kasallik darajasiga bog‘liq bo‘lib, odatda doimiy burun bitishi, og‘iz orqali nafas olish, uyqu buzilishlari va surunkali infeksiyalar bilan ifodalanadi. Diagnostika uchun rinoskopiya, lateral rentgen, endoskopiya va audiometriya usullari qo‘llaniladi. Davolash dastlab konservativ usullar (yallig‘lanishga qarshi terapiya, immunokorreksiya) bilan boshlanadi, biroq og‘ir holatlarda yoki uzoq davom etuvchi simptomlarda adenoidektomiya — ya’ni adenoid to‘qimasini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash samarali usul hisoblanadi. Maqolada adenoid giperplaziyasining klinik ko‘rinishlari, diagnostik usullari va jarrohlik davosi samaradorligi haqida tahliliy yondashuv asosida fikr yuritiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.