Журнал академических исследований Нового Узбекистана 2-jild 9-son (2025) · 8–10-betlar

SEPSIS – MIKROBIOLOGIK TASHXIS VA SEPSIS CHAQIRUVCHI ASOSIY BAKTERIYALAR

Boltaoxunova, Dilxromon, Dolimova, Dilnoza

DOI: 10.5281/zenodo.17097407 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Sepsis – organizmning og‘ir sistemik yallig‘lanish javobi bo‘lib, turli bakterial, virusli yoki zamburug‘li infeksiyalar oqibatida rivojlanadi. Ushbu maqolada sepsisning mikrobiologik tashxis usullari, zamonaviy laborator tekshiruvlar va infeksiyani aniqlashda qo‘llaniladigan molekulyar-biologik usullar yoritib berilgan. Sepsis chaqiruvchi asosiy bakteriyalar – Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Pseudomonas aeruginosa, Streptococcus pneumoniae kabi patogen mikroorganizmlar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, ularning klinik ahamiyati, antibiotiklarga chidamlilik muammosi va erta tashxis qo‘yishning hayotiy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot sepsisni samarali davolash va oldini olishda mikrobiologik tashxisning ahamiyatini ko‘rsatib beradi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.