Журнал академических исследований Нового Узбекистана 3-jild 4-son (2026) · 230–235-betlar
INGLIZ VА О‘ZBEK TILLАRIDАGI АNTRОPОSENTRIK IBОRАLАR: LEKSIK-SEMАNTIK VА GRАMMАTIK JIHАTLАRNING QIYОSIY TАDQIQI
Xоlmаtоvа, Mаlikа
DOI: 10.5281/zenodo.19877366 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi antropotsentrik iboralarning leksik-grammatik xususiyatlarini qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi tilshunoslikdagi zamonaviy antropotsentrik paradigmaning rivojlanishi hamda inson omilining tildagi in’ikosi bilan belgilanadi. Antropotsentrizm tamoyiliga ko‘ra, til nafaqat aloqa vositasi, balki insonning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va madaniy tajribasi aks etadigan murakkab tizimdir. Maqolada inson tana a’zolari (somatizmlar), ruhiy holati va xarakter xususiyatlarini ifodalovchi frazeologik birliklar hamda metaforik konstruksiyalar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida har ikki tildagi iboralarning leksik tarkibi, grammatik shakllanish qonuniyatlari va funksional-uslubiy xususiyatlari o‘rganilib, ularning milliy-madaniy o‘ziga xosliklari ochib beriladi. Xulosa qismida til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik hamda antropotsentrik birliklarning nutqiy samaradorlikni oshirishdagi roli asoslanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.