Журнал академических исследований Нового Узбекистана 3-jild 5-son (2026) · 183–185-betlar
ADABIYOT TARIXI: O'ZBEK ADABIYOTINING TARIХIY DAVRLASHTIRILISHI
Jo`rayeva, Zilola, Raximjanov, Masrur
DOI: 10.5281/zenodo.20286546 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tezis o‘zbek adabiyotining tarixiy davrlashtirilishi masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda milliy adabiyotning qadimgi davrdan to zamonaviy davrgacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari izchil yoritiladi. Ishda adabiyot tarixining fan sifatida shakllanishi, davrlashtirish muammosining dolzarbligi hamda asosiy ilmiy yondashuvlar tahlil qilinadi. Qadimgi davr folklor merosi va Avesto kabi yodgorliklar bilan tavsiflanadi. Ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda islom madaniyati ta’sirida yozma adabiyotning yuksalishi, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy hamda Alisher Navoiy ijodining tarixiy-adabiy ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, XVI–XIX asrlarda adabiy jarayonning davomiyligi, Boborahim Mashrab ijodidagi tasavvufiy va erkin ruhli g‘oyalar, XIX asrda esa Muqimiy va Furqat faoliyati orqali realizmning shakllanishi yoritiladi. Tezis o‘zbek adabiyotining uzviy taraqqiyotini davrlar kesimida ko‘rsatib berishi bilan ahamiyatlidir.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.