Журнал академических исследований Нового Узбекистана 3-jild 5-son (2026) · 4–7-betlar
JALOLIDDIN MANGUBERDI HALOKATIDAN SO‘NG YAQIN SHARQ VA MISRDA QOLGAN XORAZMLIKLARNING SIYOSIY-HARBIY FAOLIYATI (1231-1260)
Raximboyeva, Nodira
DOI: 10.5281/zenodo.20373521 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Jaloliddin Manguberdining 1231-yildagi halokatidan so‘ng uning harbiy qismlari va Xorazmshohlar davlatining parokanda bo‘lib ketgan askariy kuchlarining Yaqin Sharq va Misrdagi siyosiy-harbiy faoliyati XIII asrning o‘rtalariga oid yozma manbalar va zamonaviy tadqiqotlar asosida tahlil qilingan. 1237-1244-yillarda xorazmliklar Ayyubiylar bilan ittifoq tuzib Quddusni salibchilardan tortib olgani, 1244-yilgi Harbiya jangi, 1246-yilda xorazmiylar otryadlarining tarqab ketishi, shuningdek Sayfiddin Qutuzning Misrda Mamluklar davlati taxtiga ko‘tarilishi va 1260-yilgi Ayn-Jalut jangi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangi ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.