Журнал академических исследований Нового Узбекистана 3-jild 5-son (2026) · 30–32-betlar

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR

Abdulazizova, Xumora, Ataxanov, Rafiqjon

DOI: 10.5281/zenodo.20394060 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, siyosiy faoliyati, harbiy mahorati hamda madaniy-adabiy merosi tarixiy manbalar asosida yoritiladi. Bobur XV–XVI asrlarda yashab, murakkab siyosiy sharoitda Movarounnahr uchun kurash olib borgan, keyinchalik esa Hindistonda qudratli Boburiylar davlatiga asos solgan buyuk davlat arbobi va sarkarda sifatida tavsiflanadi. Maqolada uning yoshligidan boshlangan siyosiy faoliyati, Samarqand uchun olib borgan janglari, taxt uchun kurashlari hamda Hindiston hududida markazlashgan davlat barpo etishdagi strategik qarashlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Boburning ilm-fan, geografiya, tabiat, til va adabiyotga qiziqishi alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Ayniqsa, uning "Boburnoma" asari tarix, etnografiya, geografiya va adabiyot uchun muhim manba ekani ta’kidlanadi. Bobur ijodida insonparvarlik, vatanparvarlik, kuzatuvchanlik va hayotiy tajribalar yorqin aks etgani ko‘rsatib beriladi. Maqola yakunida Zahiriddin Muhammad Boburning nafaqat o‘z davri, balki bugungi tarixiy tafakkur, milliy o‘zlikni anglash va madaniy merosni qadrlash jarayonida ham muhim o‘rin egallashi asoslanadi. Mazkur tadqiqot Bobur shaxsini anglash, tarixiy merosini chuqur o‘rganish hamda yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlashga xizmat qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.