Бюллетень студентов Нового Узбекистана 3-jild 1-son (2025) · 79–84-betlar

YOSHLARNI AXBOROT XURUJLARIDAN HIMOYA QILISHNING MA’NAVIY-MA’RIFIY VA AXLOQIY OMILLARI

Abdalova, Mexriniso, Sapayev, Odilbek Odilbek, Annayeva, Nazokat

DOI: 10.70413/yota-v03-i01-p1-018 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada yoshlarni axborot xurujlaridan himoya qilish masalasi ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy omillar nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Global axborot maydonida yosh avlodning mafkuraviy va ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy axborot oqimlari tobora ortib bormoqda. Shuning uchun yoshlarning axborot xurujlariga qarshi immunitetini shakllantirish, ularni ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalash hamda media savodxonligini oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Tadqiqotda oilaviy tarbiya, ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari va diniy-ma’rifiy omillarning yoshlarning axborot xurujlaridan himoya qilinishidagi roli va ahamiyati o‘rganiladi. Shuningdek, zararli axborot ta’sirining oldini olish bo‘yicha samarali pedagogik va psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi.

Axborot xuruji, ma’naviy-ma’rifiy omillar, axloqiy qadriyatlar, axborot xavfsizligi, yoshlar tarbiyasi, media savodxonlik, axborot tahdidlari, mafkuraviy immunitet, pedagogik yondashuvlar, ommaviy axborot vositalari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.